“Oltin qalam” XIX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalar joriy etiladi

    Tanlovning ragʻbatlantiruvchi 12 ta nominatsiyasi gʻoliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

    Xabar berilganidek, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan “Oltin qalam” XIX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov eʼlon qilindi.

    Tanlov 5 ta asosiy nominatsiya — televideniye, radio, bosma nashrlar, internet nashrlari hamda “Chet ellik jurnalistning Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladi.

    Shuningdek, tanlovda quyidagi ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalar joriy etiladi:

    1. “Atrof-muhitni asrash va «yashil” iqtisodiyotni targʻib qiluvchi eng yaxshi materiallar uchun»
    2. “Davlat tilini rivojlantirish, nufuzini yanada oshirishga bagʻishlangan eng yaxshi tahliliy materiallar uchun”
    3. “Yoshlar hayotiga oid eng yaxshi materiallar uchun”
    4. “OAVda eʼlon qilingan eng yaxshi milliy kontent (materiallar) uchun”
    5. “Dolzarb mavzudagi eng yaxshi tanqidiy-tahliliy materiallar uchun”
    6. “Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun”
    7. “Sport sohasi yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun”
    8. “Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga bagʻishlangan eng yaxshi materiallar uchun”
    9. “Eng yaxshi fotoreportaj uchun”
    10. “Oila va mahalla hamkorligi boʻyicha eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun”
    11. “Taʼlim-tarbiya sohasidagi islohotlar yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun”
    12. “Umummilliy hamjihatlikni targʻib qilish va mustahkamlashga qaratilgan eng yaxshi materiallar uchun”

    Tanlovning ragʻbatlantiruvchi 12 ta nominatsiyasi gʻoliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

    Tanlovda har bir ishtirokchining 2024-yil 30-apreldan 2025-yil 30-aprelgacha bosma va internet nashrlarida eʼlon qilingan, radio va televideniyeda efirga uzatilgan 5 tadan 7 tagacha materiallari koʻrib chiqiladi.

    “Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” ragʻbatlantiruvchi nominatsiyasi boʻyicha tanlovda qatnashish istagida boʻlganlar Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasiga kitobidan bir dona taqdim etadi.

    Eslatma: tanlov hakamlar hayʼati taklifi bilan ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalar nomi oʻzgarishi mumkin.