Oltin qazib olish uchun sharoit yaratib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Fuqaro S.H. boshqa bir fuqaro F.D.ga “Qoraqoʻton" togʻida oltin qazib olishi uchun sharoit yaratib berishini aytgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.H. boshqa bir fuqaro F.D.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida “Qoraqoʻton" togʻida oltin qazib olishi uchun sharoit yaratib berishi evaziga 1 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.