Joriy yilning 4 avgust kuni NTMK Janubiy kon boshqarmasiga qarashli "Qoraqo'ton" ob'ektidagi omborxona ishchisi, fuqaro U.R ish vaqti davomida og'irligi 6 kg bo'lgan va tarkibida oltin moddasi mavjud ruda toshlarini yig'ib,  olib chiqib ketayotgan vaqtida ushbu hududda xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqaroni tegishli tartibda Samarqand viloyati Paxtachi tumani IIBga topshirilgan. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari Paxtachi tuman IIB tomonidan olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Milliy  Gvardiyasi Axborot xizmati