“Real” jamoasi hujumchisi Karim Benzemaga oʻtgan mavsumning “Oltin toʻp”i topshirilganiga hali uncha koʻp vaqt boʻlmadi. Lekin futbol nashrlari, mutaxassislari va muxlislari allaqachon 2020/23 yil uchun bu nifuzli sovringa davogarlar roʻyxatini eʼlon qilishni boshladi.

Masalan, Goal.com nashri 2022/23 yilgi “Oltin toʻp”ga daʼvogarlar reytingini tuzdi. Unga koʻra, dastlabki uchta oʻrinni Fransiyaning PSJ hujumchilari – Messi, Neymar va Mbappe egallab turibdi.

Oʻtgan mavsum “Oltin toʻp” egasi Benzema bu roʻyxatning sakkizinchi oʻrnidan joy olgan.

Goal.com talqini boʻyicha top-10lik quyidagicha koʻrinishga ega:

  1. Lionel Messi (PSJ) – hozirgacha 12ta gol va 8ta assist.
  2. Neymar (PSJ) – 13/11.
  3. Kilian Mbappe (PSJ) – 13/1.
  4. Erling Holand (“Manchester Siti”) – 21/3.
  5. Robert Levandovski (“Barselona”) – 14/4.
  6. Vinisius Junior (“Real”) – 7/5.
  7. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) – 2/12.
  8. Karim Benzema (“Real”) – 5/1.
  9. Muhammad Saloh (“Liverpul”) – 11/4.
  10. Filip Foden (“Manchester Siti”) – 7/3.