Bu haqda Reuters xabar berdi.

Oltinning narxi 0,6 foizga tushib, unsiya uchun 1 859,90 ni tashkil qildi. AQSH oltin fyucherslari ham 0,6 foizga tushib, 1 864,40 dollarni tashkil qildi.

Koʻpincha iqtisodiy inqirozlar paytida xavfsiz aktiv sifatida qabul qilingan oltin avvalgi sessiyada 9-maydan beri eng yuqori koʻrsatkichga yetib, unsiya uchun 1 877,05 dollarni tashkil qilgandi.

May oyida AQSHda isteʼmol narxlari koʻtarildi, bu mamlakat markaziy banki inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun sentyabrgacha foiz stavkalarini 50 bazaviy punktga oshirishi mumkinligini koʻrsatmoqda.

Bu hafta markaziy banklar uchun ogʻir boʻladi, chunki AQSH Federal rezerv tizimi inflyatsiyani nazorat ostiga olish uchun stavkani ketma-ket ikkinchi yarim ball oshirishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, kumush 1,5 foizga tushib, unsiyasi 21,55 dollarga, platina 2,5 foizga tushib, 948,71 dollarga va palladiy 1,9 foizga tushib, 1 897,49 dollarga yetdi.