Istiqlolimizning 29 yillik bayrami arafasida Andijon viloyati Oltinko'l tumani “CHo'ntak” mahalla fuqarolar yig'inining yangi binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy loyihalar asosida barpo etilgan va barcha sharoitlarga ega ushbu mahalla idorasi Andijon shahriga tutash mahallada istiqomat qiluvchi 625 ta oilaga ajoyib bayram tuhfasi bo'ldi.
Binoning ochilish marosimida viloyat hokimining o'rinbosari, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig'i M. YUnusova va tuman hokimi N. O'rinboev ishtirok etib, so'nggi yillarda mamlakatimizda mahalla instuti faoliyatini yanada rivojlantirish, uni eng xalqchil tuzilmaga aylantirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladilar.
SHuningdek, tantanali tadbirda mahalla fuqarolar yig'iniga zamonaviy televizor va komp`yuter jamlanmasi sovg'a qilindi.
Ma'lumot o'rnida, “CHo'ntak” mahalla fuqarolar yig'inining yangi binosi tadbirkor I.Normatov boshchiligidagi “Andijon omad fayz” MCHJ quruvchilari tomonidan barpo etilib, qurilish ishlariga 110 million so'm mablag' yo'naltirildi.











