2021-yilning 3-mart kuni 31 yoshli Jasur B., “OLX.uz” sayti orqali 36 yoshli Zafar Sh., “NR” rusumli noutbuk va monobloklarni sotishga eʼlon berganligini koʻrib, firibgarlik yoʻli bilan oʻzganing mulkini qoʻlga kiritish maqsadida, 10 dona “NR” rusumli noutbuk hamda 4 dona monobloklarni korxona uchun deya buyurtma berib, ushbu texnika vositalarini Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining yonida olib, shu kuni kechgacha uning hisobiga 109 000 000 soʻm pullarni oʻtkazib berishga vaʼda qilib, qoʻlga kiritilgan texnika vositalardan bir dona noutbukni oʻziga olib qolib, qolganini 7 635 AQSH dollar evaziga “Malika” savdo majmuasidagi doʻkonda ishlovchi 26 yoshli Maxmudjon A.,ga sotib yuborgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Maxmudjon A.,dan 9 dona “HP” rusumli noutbuklar va 4 dona monobloklar bayonnoma asosida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Jasur B.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda Jasur B.,ni ushlash choralari koʻrilmoqda.