Ombudsman: fuqaroning 51 mln soʻmlik jarimasi bekor qilindi

    Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaroga Kadastr agentligi Qibray tuman boʻlimi tomonidan tabiiy resurslarga egalik huquqini buzgani uchun 51 mln soʻm miqdordagi belgilangan jarima bekor qilindi.

    Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Axborot xizmat maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi fuqaro N.N. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakiliga unga qoʻllanilgan jarimani bekor qilishda amaliy yordam soʻradi. U oʻz murojaatida tabiiy resurslarga egalik huquqini buzgani vaji bilan Kadastr agentligi Qibray tuman boʻlimi tomonidan qoʻllanilgan 51 mln soʻm miqdordagi jarima jazosini belgilanganligini maʼlum qildi.

    Mintaqaviy vakil fuqaro Н.Н. murojaati asosida joyiga chiqib oʻrganish oʻtkazdi. Aniqlanishicha, devor bilan oʻralgan 280 m² hudud Qibray tuman hokimining 2005-yildagi qarori asosida fuqaroning onasi fuqaro N.K.ga obodonlashtirish uchun ajratilgan va ushbu yer maydon uchun 18-yil yer soligʻi toʻlab kelingan. Hozirda ushbu hududga ga 25 tub har-xil turdagi mevali daraxtlar ekilgan. Yaʼni, fuqaro obodonlashtirish uchun ajratilgan yer maydonini devor bilan oʻrab olgan halos, u yerda qurilish ishlarini amalga oshirmagan.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, fuqaro N.N.ning jarima jazosini bekor qilish toʻgʻrisida Jinoyat ishlari boʻyicha Qibray tuman sudiga daʼvo ariza kiritildi. Sud qaroriga koʻra fuqaro N.N.ga qoʻllanilgan 51 mln soʻm miqdordagi jarima jazosi bekor qilindi.