Farmonga koʻra, Ombudsmanning joylarda doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakillari lavozimlari joriy qilinadi.

Ombudsman mintaqaviy vakillari, jumladan:

 inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi, inson huquqlari monitoringini tashkil etadi va oʻtkazadi;

fuqarolarning shikoyatlarini qabul qiladi va koʻrib chiqadi, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda koʻmaklashadi.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari oʻzlarining faoliyatida bevosita Ombudsmanga hisobdordir.

Farmonga koʻra shuningdek, yangi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.