Omikron shtammi bilan kasallanganlar bosh og'rig'i va holsizlikdan hech narsa qilgisi kelmaydi, lekin o'tkir respirator virusli infektsiyaga chalingan bemorlar kitob o'qish yoki televizor ko'rishga o'zlarida kuch topa olishi mumkinligini ta'kidladi.

Shu bilan birga, Omikron alomatlari O'RVIga nisabatan o'zini ertaroq namoyon etadi. Respirator virusi sekin-astalik bilan rivojlanib boradi, uning alomatlari bosqicha-bosqich yuzaga kela boshlaydi. Professor bular qatorida tumov, tomog' og'rig'i, holsizlikni qayd etib o'tdi.

Mutaxassis sog'lom turmush tarzi va gigienaga rioya qilish, yaxshi ovqatlangan holda virusli infektsiyalardan himoyalanish mumkinligini ta'kidladi, deyiladi iz.ru saytida.