Mutaxassining ta'kidlashicha, kasallik shu paytgacha juda engil shaklda namoyon bo'lgan bo'lsada, biror narsa deyishga hali erta.

“Biz grippga o'xshash quruq yo'tal, isitma, tunda terlash va butun tanasida og'riq his qilgan bemorlarni ko'rdik. Menimcha, bu biz shu paytgacha boshdan kechirgan COVID-19ning boshqa barcha to'lqinlari bilan bog'liq”, dedi shifokor.

Avvalroq, Janubiy Afrika Tibbiyot Assosiasiyasi omikron shtammining asosiy belgisi qattiq toliqish bilan namoyon bo'lishini aytgandi. Shu sabab,  bemorlarning hech biri ta'm yoki hid bilish sezgisini yo'qotmagan.

Omikron

20-noyabr` kuni olimlar Botsvana va Janubiy Afrikada 32 ta mutasiyani o'z ichiga olgan koronavirusning yangi B.1.1.529  shtammi paydo bo'lgani haqida xabar berdi.

Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, SARS-CoV-2 genomidagi ko'plab o'zgarishlar ushbu variantning yuqori o'tkazuvchanligi, kasal bo'lgan va emlanganlarning himoya antitanachalariga chidamliligini ko'rsatadi, ammo yakuniy xulosa chiqarishga hali erta. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ehtimol B.1.1.529 dastlab immunitet tanqisligi bo'lgan — OITS yoki OIV bilan kasallangan bemorda rivojlangan.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, Janubiy Afrikada yuz nafarga yaqin odam yangi shtamm bilan kasallangan. Gonkong, Isroil, Bel`giya, Chexiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Avstraliya, Portugaliya, Shotlandiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda ham holatlar aniqlangan.

Favqulodda yig'ilishda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti B.1.1.529-ni “tashvishli” deb tan oldi va unga yunon alifbosida “omikron” deb nom berdi. Mutaxassislarning fikricha, allaqachon kasal bo'lgan va emlanganlar ham bu shtammni yuqtirishi mumkin.