Bu haqda sultonlik Mudofaa vazirligi huzuridagi Dengiz xavfsizligi markazi X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

“Komor orollari bayrog'i ostida suzgan neft tankeri janubi-sharqda Ras Madrakidagi Ed-Dukm hududidan 25 dengiz milya (taxminan 46 kilometr) uzoqlikda ag'darilib ketdi”, deyiladi nashr.

Rasmiylar qidiruv-qutqaruv operatsiyasini olib bormoqda. Qo'shimcha ma'lumot berilmadi, deb xabar beradi report.az.