Tadbir avvalida O‘zbekistonning anʼanalari va xalqimiz urf-odatlari, yurtimizda asrlar davomida shakillanib kelgan tasviriy saʼat va hunarmandchilik tarixi to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zbekiston diyorida yashab ijod qilgan Islom dunyosining buyuk allomalari hamda ularning boy ilmiy merosi haqida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston tasviriy saʼati tarixiga bag‘ishlangan «Fine art of Uzbekistan» nomli hujjatli videofilm namoyish etildi.
Madaniy kecha yakunida «Toshkent quvonchlari» IX Xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi ishtirokchilariga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan taqdim etilgan diplom, sovrinlar, sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.