Oʻn besh yoshga toʻlmagan bolalar kim boʻlib ishlashi mumkin

    Ijtimoiy hayot 29 Avgust 2023 1852

    Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-avgustdagi 419-sonli qaroriga asosan madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalari sohasidagi kasb va lavozimlar roʻyxati tasdiqlandi.

    Mazkur huquqiy hujjatga muvofiq yuqorida qayd etilgan lavozimlarga oʻn besh yoshga toʻlmagan bolalar mehnat shartnomasi boʻyicha qabul qilinishi mumkin

    Vazirlar Mahkamasi qarori Mehnat kodeksining 118-moddasi asosida qabul qilingan. Ushbu moddada madaniy-tomosha tashkilotlarida, televideniye, radioeshittirish tashkilotlarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida sogʻligʻiga va maʼnaviy kamol topishiga ziyon yetkazmasdan asarlarni yaratish va (yoki) ijro etishda ishtirok etish uchun oʻn besh yoshga toʻlmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzishga yoʻl qoʻyilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, oʻn besh yoshga toʻlmagan professional sportchilar rasman ishga qabul qilinishi mumkin, deb xabar beradi “Norma”.