Oʻn uchta tumanda sanoatlashgan plantatsiya tashkil qilish boshlandi

    Banklar ishtirokida 13 ta tumanda sanoatlashgan plantatsiya tashkil qilish boshlandi. Bu yerlarda “yetishtirish – qayta ishlash – sotish” zanjiri asosida yuqori qoʻshilgan qiymat yaratilmoqda.

    Masalan, Jomboyda 15 gektarda malina yetishtiriladi. Tadbirkor 170 ta xonadonga koʻchat tarqatib, yiliga 200 tonna mahsulot oladi.

    Endi tadbirkor Milliy bank koʻmagida 200 tonnali muzlatkich oʻrnatib, yiliga 25 tonna tayyor murabbo ishlab chiqarmoqchi. Natijada aholi va tadbirkor daromadi 2 karra oshadi.

    Ushbu tajriba asosida kelgusi yilda yana 50 ta tumanda shunday loyiha tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.