Ona MIB yordamida bolalaridan moddiy taʼminot undirib oldi

    MIB xodimlari tomonidan farzanddan oʻz onasiga 2024-yil 1-aprelgacha, jami 6 mln. 200 ming soʻm taʼminot mablagʻi undirib berildi.

    Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar oʻz ota-onasiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan boʻyin tovlasa, taʼminot miqdori bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi.

    Majburiy ijro byurosining Fargʻona shahar boʻlimi ish yurituvida, sudning qaroriga koʻra, qarzdor farzand M.M dan undiruvchi, yaʼni onasi M.D. foydasiga moddiy taʼminot undirish haqidagi ijro ishi boʻyicha mavjud boʻlib, oʻz vaqtida toʻlamagani uchun farzand va onasi MIB idorasiga chaqirtirilgan.

    Shundan soʻng, MIB xodimlari tomonidan farzanddan oʻz onasiga 2024-yil 1-aprelgacha, jami 6 mln. 200 ming soʻm taʼminot mablagʻi undirib berilgan.

    Aniqlanishicha, onaizor MIB idorasiga kelib, uzoq vaqtdan buyon koʻrmagan farzandini koʻrgach, mazasi boʻlmagani uchun tez tibbiy xodimlari jalb etilgan ekan.

    MIB xodimlarining aytishicha, onaizor yana bir farzandi oʻgʻli M.M. dan ham moddiy taʼminot oladi. M.M. oʻz vaqtida toʻlab borayotgan ekan.

    Maʼlumot uchun: onasiga moddiy yordam toʻlashdan boʻyin tovlagani uchun MIB idorasiga chaqirtirilgan ayol M.M.ning oʻzining ham 2 farzandi bor.