Navoiyning gʻazallarin satridasan, 
Milliylikning elchilarin qadridasan.
Onalarning yopgan issiq patridasan,
Sen hayotsan turkiy tilim, sen hayotsan.

Allalarda mavjlanasan daryo boʻlib,
Muhammadlar kuylar seni bagʻri toʻlib.
Shoir bitar she'rlarini baxtdan kulib,
Sen hayotsan turkiy tilim, sen hayotsan.

Nodira-yu Zulfiyalar soʻzidasan,
Xalqning dili, tili qaro koʻzidasan.
Millatlarning chin timsoli oʻzidasan,
Sen hayotsan turkiy tilim, sen hayotsan.