Ona va bola salomatligini muhofaza qilishga eng yaxshi xorij tajribasi jalb etiladi

    Salomatlik 9 Fevral 2024 1061

    5-fevralda ijtimoiy sohalardagi dolzarb masalalar muhokamasi boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida bir qator vazifalar belgilandi.

    Ulardan biri bilan xalqaro ekspertlar ishtirokidagi oʻquv seminarlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining ona va bola oʻlimi koʻrsatkichi yuqori boʻlgan yigirmata shahar va tumanlaridan mutaxassislarini qamrab olish belgilangan.

    Ushbu maqsadni amalga oshira turib, 8-9-fevralda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda akusherlikning dolzarb masalalari va onalar oʻlimini kamaytirish, tugʻruqqa yordam berish tizimi muassasalarida tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha xalqaro oʻquv seminar tashkil etildi.

    Seminar Qarshi shahrida Ona va bola salomatligi respublika markazining Xorazm filiali bazasida boʻlib oʻtyapti. Unda Qarshi shahri va Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan 30 nafar mutaxassisilar ishtirok etyapti.

    Trenerlar sifatida Belarus respublikasining “Mat i ditya” (“Ona va bola”) respublika ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari ishtirok etdi. Ular orasida akusher-ginekologlar, anesteziologlar, reanimatologlar ham bor.

    Belaruslik mutaxassislar Oʻzbekistonda Milliy klinik protokollar (MKP)ni ishlab chiqarish jarayoni yaxshi yoʻlga qoʻyilganligini taʼkidlagandi. Chunki xalqaro mutaxassislar tomonidan olib boriladigan har qanday oʻqituvchilik jarayoni taqdim etilayotgan materiallarning MKP talablariga moslashuvi bilan kechadi. Ekspert Oʻzbekistonda Milliy protokollarning xalqaro standartlar va mezonlar asosida tuzilganligini, ularning zamonaviy va eng yangi ilmiy isbotlarni oʻz ichiga olishini eʼtirof etdi. Bunday protokollar boʻyicha ish olib borish onalar oʻlimi koʻrsatkichini pasaytirishga olib boradi. Muhimi, MKPlar homiladorlik vaqtida xavfli dori preparatlarini qoʻllamaslikka olib keladi.

    Belarus mutaxassisi barcha Protokollarning baholanishi va JSST mutaxassislari tomonidan xalqaro ekspertizadan oʻtishini, bu bugun butun dunyoda Protokollar tuzishga qoʻyilgan asosiy talablardan biri ekanligini alohida taʼkidladi.

    Shuningdek, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish doirasida 8-fevralda Oʻzbekiston Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Belarus Respublikasi Grodnыy oblast ijroiya qoʻmitasi sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi oʻrtasida Hamkorlik haqida bitim imzolandi.

    Bitimikkimamlakatningdavolashmuassasalarioʻrtasidagioʻzarohamkorliknirivojlantirishvamustahkamlashni, davolash-profilaktikatashkilotlarioʻrtasidatoʻgʻridan-toʻgʻrialoqalarnikengaytirishni, amaliytibbiyotsohasidatajribaalmashishninazardatutadi.

    Shuni qoʻshimcha qilamizki, bugun mamlakat sogʻliqni saqlash tizimi oldida perinatal markazlarni boshqarishga zamonaviy menejment koʻnikmalariga ega xorijiy mutaxassislarni jalb etish vazifasi turibdi. Reproduktiv salomatlik va homilador ayolni davolash boʻyicha texnologiyalarni 8,5 ming akusher oʻrganib chiqqan boʻlishi kerak.

    Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.