Unda Fargʻona shahri koʻchalarining birida joylashgan koʻp qavatli uylarning yuqori qavatida istiqomat qiluvchi fuqaroning kechadan buyon koʻchaga chiqmayotganligi, qoʻshnilar tomonidan chaqirilganda, hech kim javob bermaganligi maʼlum qilingan.
Qutqaruvchilar tomonidan profilaktika inspektori hamkorligida maxsus uskunalar yordamida 3-qavatda joylashgan xonadonning balkoni orqali uyga kirilib, eshik ochildi va xonadon yotoqxonasida fuqaroning betob boʻlib yotib qolganligi aniqlandi.
Onaxonga birinchi yordam koʻrsatilib, malakali tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifokorlarga topshirildi. Hozirda uning ahvoli yaxshi, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.