Xususan, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda Kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikda OneID tizimi bo‘yicha tarqalgan xabar yuzasidan dastlabki tezkor o‘rganishlar o‘tkazildi. Natijada OneID tizimiga hech qanday kiberhujum bo‘lmagani hamda tizim ishida nosozliklar aniqlanmadi. Muammo katta ehtimol bilan foydalanuvchilarning kompyuter qurilmalari virusli zararlangani oqibati bilan bog‘liqligi taxmin qilindi. Ayni paytda bunga qarshi tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Shu o‘rinda yurtdoshlarimizdan shaxsiy ma’lumotlariga e’tiborli bo‘lishlarini, ularni zinhor begonalarga bermaslikni, shuningdek, kompyuter qurilmalari va mobil aloqa vositalarini virusga qarshi himoyalab turishlarini (login va parollarini saqlab qo‘ymasliklarini) so‘rab qolamiz.
Shuningdek, OneID tizimiga kiruvchi shaxsiy login va parollarni ham vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turish (murakkab parol qo‘yish)ni tavsiya qilamiz!