Onkologik kasalliklarni davolashga yordam beradigan yangi dori ishlab chiqildi

    Rossiya texnologik universiteti olimlari tabiiy xlorin asosida saraton kasalligini tashxislash va davolashda yordam beradigan yangi dori vositasini ishlab chiqishdi.

    Kimyo fanlari doktori Mixail Grin kimyogarlar radionuklidlarni ushlab, ularni o'simtaga o'tkazishga qodir yangi molekulani yaratishganini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, bu saraton hujayralari faoliyatining buzilishiga, bu esa keyinchalik ularning nobud bo'lishiga olib keladi. Professor bunday dori vositasidan kasallikni aniqlashda ham foydalanish mumkinligini ta'kidladi.

    “Bundan tashqari, biz yaratgan dori toksik emas: terapevtik dozadan 50 baravar yuqori dozalarni qo'llagan sinovlar laboratoriya hayvonlarining o'limiga olib kelmadi”, deya qo'shimcha qildi Grin.

    Olimlar yaqin orada ushbu dorini Rossiya bozoriga olib chiqishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi aif.ru.