Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyat filialiga joriy yilning boshida Chexiyadan nur-terapiya uskunasi olib kelingandi. Lekin koronavirus pandemiyasi tufayli Uskunani oʻrnatadigan mutaxassislar oʻz vaqtida kela olmagandi. Shu sabab ishga tushishi rejalashtirilgan ishlar choʻzilib ketgandi.

Bugun esa 4,5 milliard soʻmlik mazkur uskunani Belorussiyalik mutaxassislar oʻrnatish ishlarini tugatib, foydalanishga shay xolga keltirdi.

Hozir ushbu uskuna bilan ishlovchi uch nafar mahalliy mutaxassislar Belorussiyada malakalarini oshiryapti.

2021-yilning yanvar oyida ushbu uskuna orqali davolash ishlari boshlanishi moʻljallangan.

Gʻulom Primov,

Sirdaryo viloyat

Sogʻliqni saqlash boshqarmasi

matbuot xizmati xodimi.