O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot tarmoqlarga salbiy ta'sirini yumshatish, aholi va tadbirkorlik sub`ektlarini qo'llab-quvvatlash borasida qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi yuzasidan joriy yilning 12 iyun` kuni viloyat bojxona boshqarmasida viloyat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda onlayn-brifing o'tkazildi. Unda viloyat soliq va bojxona boshqarmalari rahbariyati, tadbirkorlar, jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari karantin qoidalariga rioya qilgan xolda ishtirok etdilar.
Rejalashtirilgan onlayn-brifingni o'tkazilish joyi, mavzusi va bu borada amalga oshirilgan ishlar to'g'risidagi ma'lumotlar 11 iyun` kuni viloyat hokimligining “Sirdaryo yangiliklari” va “Viloyat axborot xizmatlari” telegram kanallari hamda DBQning rasmiy “Customs-uz” veb sayti orqali e'lon qilindi. O'tkazilgan onlayn-brifing joyidan hokimlik, korxona va tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali keng ommaga xavola etildi.
Tadbir davomida bojxona va soliq boshqarmalari mas'ul xodimlarining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot tarmoqlarga salbiy ta'sirini yumshatish, aholi va tadbirkorlik sub`ektlarini qo'llab-quvvatlash borasida qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi hisobotlari eshitildi.
SHuningdek, yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga berilayotgan imtiyozlar va qulayliklar hamda bojxona nazoratini soddalashtirish borasida qabul qilinayotgan qaror va farmonlar haqida tushuntirishlar berildi.
SHu bilan birga viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Hurmatli YUrtboshimizning joriy yil 3 iyundagi Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag'batlantirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ–4739-son qarori va 5 iyundagi «Bojxona ma'muriyatchiligini isloh etish va O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to'g'risida»gi PF-6005-son Farmoni bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir ishtirokchilarining bojxona va soliq sohasiga oid savollariga soha mutasaddilari tomonidan javoblar berildi.
Brifing yakunida, tadbirkorlarga, bojxona sohasiga doir murojaatlar va savollar yuzasidan, Davlat bojxona qo'mitasining qisqa 11-08 raqamli ishonch telefoniga yoki boshqarmaning (67) 225-48-67 raqamli ishonch telefoniga qo'ng'iroq qilishlari mumkinligi eslatib o'tildi.
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi