“Onlayn maktab” loyihasi doirasida tasvirga olinayotgan 9-11-sinf ingliz tili darslarini oʻtishga amerikalik mutaxassis Joan Kram jalb qilindi. Endi oʻquvchilarda ingliz tilini xorijlik mutaxassisdan oʻrganish imkoniyati paydo boʻldi.

Joan farzandlarimizga til oʻrganishning oson va samarali yoʻllari orqali ingliz tilini oʻrganishlarida koʻmaklashadi. Bu esa oʻz navbatida oʻquvchilarning chet tilini oʻzlashtirishlarida ijobiy samara beradi, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.