Bosh ilmiy-metodik markazi tomonidan yoʻlga qoʻyilgan oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida oʻquv mashgʻulotlarini olib borishga jalb etilgan professor-oʻqituvchilar uchun 2 kunga moʻljallangan qisqa muddatli onlayn trenerlar tayyorlash kurslarining birinchi kuni boʻlib oʻtdi.
Mazkur kurslar oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida oʻquv mashgʻulotlarini olib boradigan professor-oʻqituvchilar kasb-mahoratini oshirish, pedagogik texnologiyalar, sohaga oid ilgʻor horijiy tajribalar va zamonaviy yondashuvlar asosida oʻquv jarayonlarini tashkil yetish borasidagi kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Qisqa muddatli onlayn trenerlar tayyorlash kurslariga moderator sifatida oliy taʼlim muassasalarining malakali professor-oʻqituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar jalb etildi.
Onlayn kurslarda “Kredit-modul tizimi va oʻquv jarayonini tashkil yetish”, “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish” hamda “Pedagogning kasbiy professionalligini oshirish” kabi modullar boʻyicha maʼruzalar tashkil etildi.
Maʼruzalarda taʼlim sohasiga oid qonun hujjatlari va ularning mazmuni, taʼlim sohasini boshqarishning huquqiy asoslari, kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyati, kredit-modul tizimida oʻquv jarayonining uslubiy taʼminoti, pedagogning innovatsion faoliyatini rivojlantirish, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, pedagogning shaxsiy, kasbiy axborot maydonini, Scopus, SciyenceDirect, Web of Siyence tizimlari asosida takomillashtirish haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Onlayn kurslar qizgʻin savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi, tinglovchilar yesa, oʻzlari uchun foydali va muhim maʼlumotlarga yega boʻldilar. Mavzularning uzviyligi va dolzarbligi barcha tinglovchilarda katta qiziqish uygʻotdi hamda faollik va tashabbuskorlik kuzatildi.
Onlayn trenerlar tayyorlash kurslari ertaga 24-avgust kuni ham davom etadi, deya xabar bermoqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati.