Joriy etilgan karantin rejimi sharoitida qanchalik murakkab bo'lmasin, dunyoning aksariyat davlatida ta'lim tizimi e'tibordan chetda qolmadi. Misol uchun, Xitoyda maktab o'quvchilarini bepul o'quv materiallari bilan ta'minlaydigan, Frantsiyada “Mening sinfim uyda” raqamli platformasi ishga tushirilib, o'quvchilarga masofaviy kurslarda ta'lim olish imkoniyati yaratildi. Yaponiyada ham uyda qolgan o'quvchilar uchun bepul ta'lim beriladi.
Mamlakatimiz birinchilardan bo'lib onlayn ta'lim tizimiga o'tdi. Qisqa muddat ichida tizimda masofaviy ta'lim jarayonini amaliyotga keng tatbiq etish, ilg'or xorij tajribasi asosida o'quvtarbiya jarayonida zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalari, innovatsion shakl va usullardan samarali foydalanish hamda ta'lim sifatini oshirishga ko'maklashish maqsadida “Online maktab” loyihasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
Maqsad va vazifalar
“Online maktab” loyihasida bir qator muhim maqsad va vazifalar nazarda tutilgan. Umumiy o'rta ta'limda masofaviy o'qitish tizimini yo'lga qo'yish, televizion videodarslar tayyorlash bo'yicha ilg'or xalqaro tajribalardan foydalanish, ta'lim tizimiga axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish shular jumlasidan.
O'quvchilar va o'qituvchilarni xalqaro baholash dasturlari hamda tadqiqotlarga (PISA — 15 yoshli o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonligi, PIRLS — boshlang'ich 4 sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunishi, TIMSS — 4 va 8 sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash, TALIS — rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'qitish, ta'lim olish muhiti hamda mehnat sharoitlarini o'rganish) tayyorgarligini kuchaytirish ham ana shunday vazifalar sirasiga kiradi.
Bundan tashqari, onlayn maktab faoliyatida barcha umumta'lim fanlari, birinchi navbatda, STEAM (ilmfan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika) fanlarini o'qitish sifatini oshirish, o'quvchilarda ijodiy va tanqidiy fikrlash, axborotlarni tahlil qilish, etakchilik, kommunikativlik, hamkorlikda ishlash, muammolarni echish kabi ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish vazifasi nazarda tutilgan.
O'quvchilarga o'quv materiallarini chuqur o'rganish va takrorlashga imkoniyat yaratish, fanlar va sinflar kesimida barcha mavzular bo'yicha videodarslar bazasini bosqichmabosqich tayyorlash, etakchi umumiy o'rta ta'lim, oliy o'quv yurtlari va boshqa ta'lim muassasalarining ilmiy va metodik salohiyatidan foydalanish orqali ta'lim sifatini oshirish ham muhim vazifa sifatida belgilangan.
YOz mavsumida...
Xalq ta'limi vazirligi O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 2020 yil 17 martdan boshlab umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quv dasturlari asosida 4chorak uchun jami 3 ming 847 ta dars mashg'ulotini tasvirga oldi. 20192020 o'quv yili yakuniga qadar o'quvchilarning masofaviy ta'lim olishi to'liq ta'minlandi.
2020 yilning yoz mavsumi davomida “Online maktab” loyihasi doirasida bir qator loyihalar, jumladan, maktab o'quvchilarining oliy ta'lim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rishlariga ko'makl ashish maqsadida O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Davlat test markazi bilan hamkorlikda “Onlayn repetitor” lo yihasi amalga oshirildi. Ushbu loyiha doirasida 2020 yilning 15 iyunidan 1 avgustigacha 450 ta dars efirga uzatildi. Har bir dars jarayonida testlar echildi.
Yozgi ta'til davrida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni kasbhunarga yo'naltirish maqsadida “Onlayn to'garak” loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyiha doirasida 586 ta to'garak mashg'uloti tasvirga olinib, efirga berildi.
O'qituvchilarning yangi o'quv yiliga qadar kasbiy rivojlanishini ta'minlash maqsadida tajribali o'qituvchilar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi doirasida 591 ta dars efirga uzatildi.
Tajribali mutaxassislar ishtirokida o'quvchilarning PISA xalqaro baholash dasturi va tadqiqotlarga tayyorgarligini kuchaytirishga qaratilgan dars mashg'ulotlari berildi.
20202021 o'quv yili oldidan xalq ta'limi muassasalari rahbarlari mas'uliyati va tashabbuskorligi, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar kasb mahoratini oshirish, ilg'or tajribalarni targ'ib qilish, o'quv dasturlari va darsliklardagi yangiliklar, o'zgarishlarni tizim xodimlariga etkazish, yangi o'quv yilida ta'limtarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim va ustuvor yo'nalishlarni belgilab olishga qaratilgan an'anaviy avgust kengashlari materiallari 2020 yilning 13 avgustidan 20 avgustigacha videodars shaklida efirga berildi. 20202021 o'quv yili uchun bugungi kunga qadar o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida “Online maktab” ruknida jami 13 ming 85 ta televizion dars tasvirga olindi, ulardan 11 ming 112 tasi efirga uzatildi. Ushbu darslarning 5 ming 435 tasi o'zbek, 5230 tasi rus, 2420 tasi qoraqalpoq tilida tayyorlandi.
1-4 sinflar uchun televizion darslar “National Geographic” telekanalida, 5-8 sinflar darslari “Eurosport”, “TVTS” telekanallarida, 9-11 sinf darslari “Oxota i rыbalka”, “Fashion TV” telekanallari orqali efirga uzatilmoqda.
Onlayn darslar — chinakam ijod mahsuli
Darhaqiqat, bu jarayon nafaqat pedagogik tajr iba, balki innovatsion va kreativ yondashuvlarni ham talab etadi.
“Online maktab” loyihasi doirasida darslarni tasvirga olishda o'quvchilar uchun o'zlashtirish murakkab bo'lgan mavzularni kengroq ochib berish, amaliy mashg'ulotlar va virtual laboratoriyalarni namoyish qilish, darslik hamda o'quv dasturlariga qo'shimcha tarzda qiziqarli va foydali ma'lumotlarni berib borish, o'quvchilarni kasbhunarga yo'naltirish, ilg'or xorijiy pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishga e'tibor berilmoqda.
Televizion videodarslarni o'zbek, rus, ayrim fanlarni ingliz tilida namoyish qilishda 641 nafar tajribali o'qituvchi, 69 nafar muharrir, 16 nafar surdotarjimon jalb qilindi. Ingliz tilini o'qitish sifatini oshirishga qaratilgan “English Speaking Nation” loyihasi doirasida AQSHdan yurtimizga taklif etilgan emma Vindrup o'quvchilarimizga “Online maktab” ruknida ingliz tili fanidan dars o'tmoqda. Bu, albatta, bolalarimizga ingliz tili bo'yicha berilayotgan ta'lim sifatining oshishiga xizmat qiladi.
E'tirof va rag'bat
Har qanday mehnat, agar unda fidoyilik, mas'uliyat, ilmiy salohiyat va ishonch mujassam bo'lsa, albatta, e'tirof va rag'batga loyiq topiladi. Bugun iftixor bilan aytish mumkinki, bu borada amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlar xorijda ham e'tiborga sazovor bo'layotir. Bu boradagi O'zbekiston tajribasi ularda qiziqish uyg'otmoqda. Xususan, “Online maktab” loyihasi AQSH soha mutaxassislari tomonidan ilg'or tajriba sifatida e'tirof etildi.
“Online maktab” loyihasida faol ishtirok etgan o'qituvchilar, surdotarjimonlar va muharrirlar vazirlik tomonidan rag'batlantirib borilmoqda. Jumladan, 20202021 o'quv yilining birinchi yarim yilligida “Online maktab” ruknidagi televizion darslarni tasvirga olishda faol ishtirok etgan xodimlar “Xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar negizida, avvalo, inson manfaatlari yotibdi. U oliy qadriyat darajasiga ko'tarilib, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, salomatligini mustahkamlash kabi yo'nalishlardagi ishlar sifati oshib bormoqda.
Shu maqsadda 2021 yil yanvar` oyida “Online maktab” loyihasiga jalb qilingan fidoyi o'qituvchilarga salomatligini mustahkamlash, mazmunli hordiq chiqarishlari uchun O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining “Chinobod plaza” sanatoriysiga yo'llanma berildi.
Istiqboldagi vazifalar
Ayni kunlarda televizion videodarslardan foydalanishda o'quvchilar, o'qituvchilar va otaonalarga qulaylik yaratish maqsadida maktab.uz platformasini ishga tushirish ustida ish olib borilmoqda. Ushbu platforma umumta'lim tizimida yagona markazlashgan virtual (onlayn) maktab sifatida tatbiq etiladi.
Maktab.uz platformasida o'quvchilarda ta'lim olishga bo'lgan qiziqishni uyg'otadigan zamonaviy mexanizmlarni ishlab chiqish, o'quvchilarning bilim salohiyati, ular o'zlashtirmagan darslarni aniqlaydigan testlar tayyorlab, shu asosda o'quvchilarga yordamchi o'quv darslarini, tematik o'yinlarni tavsiya etadigan va otaonalar hamda o'qituvchilarga bolaning bilim olish jarayonidagi mavjud kamchiliklari haqida xabar beradigan tizimni yo'lga qo'yish, o'quvchilarning onlayn ta'lim olishga bo'lgan qiziqishlarini rag'batlantirish maqsadida viktorinalar tashkil etish rejalashtirilgan.
Ayni paytda “Online maktab” loyihasi doirasida videodarslarni tasvirga olish maqsadida Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiytadqiqot instituti hamda Respublika ta'lim markazida 5 ta studiya tashkil etilgan. Mazkur studiyalar zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlangan.
Muxtasar aytganda, mukammal dastur asosida, etuk mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan onlayn darslarning an'anaviy darslardan kam joyi yo'q.
Doniyor ERMATOV,
Xalq ta'limi vazirligining o'quv jarayonini metodik jihatdan ta'minlashni
rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i










