Bu haqda Norma.uz xabar berdi.
Hujjat bilan markazning asosiy vazifalari belgilanmoqda:
— tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashni taʼminlash;
— tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashda ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan talablarni ishlab chiqish;
— litsenziatlarning litsenziya talab va shartlari nazoratini amalga oshirish;
— “xavfsiz tibbiyot” standartlarini joriy qilish va boshqalar.
Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yangi litsenziya talablari joriy qilinmoqda:
—statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotida operatsiya boʻlimi tashkil etilganda quyidagi xodimlar boʻlishi lozim:
— ixtisosligi boʻyicha kamida birinchi malaka toifaga eta boʻlgan operatsiya qiluvchi xirurg hamda anesteziolog-reanimatolog;
—xirurgiya ixtisosligi boʻyicha malaka toifaga ega boʻlgan assistent vrach;
— kamida birinchi malakaviy toifaga ega boʻlgan anesteziologiya-reanimatologiya hamda operatsiya xonasi hamshirasi.
Operatsiya va jonlantirish (reanimatsiya) xonalariga ovoz va video yozib olish imkoniyati mavjud kameralar oʻrnatilgan boʻlishi, mazkur yozuvlar kamida bir yil davomida litsenziatda saqlanishi hamda videoyozuvdagi axborotning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) shifokor sirining himoya qilinishi imkoniyatini yaratish.
Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 25.07.2024-yildan kuchga kirdi.