67 yoshli bemor mamlakatda oʻpka saratonini davolashga yondashuvni tubdan oʻzgartirishi mumkin boʻlgan yangi terapiyani sinab koʻrgan birinchi bemoriga aylandi.
Individual vaksina bemorning immun tizimini saraton hujayralarini yoʻq qilish orqali kasallik bilan kurashishga oʻrgatadi. Vaksina prinsipi birinchi marta AQSHda Covid-19 pandemiyasi paytida muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilgan RNK texnologiyasiga asoslangan.
Oʻpka saratoni butun dunyo boʻylab onkologiyaning eng halokatli shakli boʻlib qolmoqda. 2020-yilda u 1,8 mln kishining hayotiga zomin boʻldi.