Bu haqda Milliy tibbiyot tadqiqotlari markazining kichik aylanish doirasi patologiyasi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi boshlig'i Andrey Karpov ma'lum qildi.

“Klinik sinovlardan oldingi tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, dori vositasi simptomlarni yengillashtirgan holda, o'pkaning tomirlarini asraydi va bemorning hayotini uzaytiradi”, dedi u.

Karpov, shuningdek, birikma vositasida trombni olib tashlashga qaratilgan keyingi operatsiya uchun bemorning hayotini uzaytirish mumkinligini ta'kidladi.

Mutaxassislar o'pka gipertenziyasini davolash uchun ilgari boshqa kasalliklarni davolashda qo'llanilgan alohida oqsillar ingibitori – yanus-kinazlardan foydalanishni taklif etishdi. Dori vositasi allaqachon kalamushlarda sinovdan o'tkazildi.

Ayni paytda bir guruh tadqiqotchilar preparatning klinik sinovlariga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Tadqiqotchilar dori vositasini o'pka gipertenziyasi uchun davo vositasi sifatida bozorga olib chiqishni maqsad qilishgan, deyiladi mir24.tv saytida.