Bu haqda Oq uy bayonotida aytilgan.
“Maxsus elchi Uitkoff vazir Aragchi bilan suhbatda mamlakatlar o'rtasidagi kelishmovchiliklarni iloji bo'lsa, muloqot va diplomatiya yo'li bilan hal qilish bo'yicha Prezident [Donald] Trampdan ko'rsatmalari borligini ta'kidladi. Bu masalalar juda murakkab va maxsus elchi Uitkoffning bugun to'g'ridan-to'g'ri muloqoti o'zaro manfaatli natijaga erishish yo'lidagi oldinga qadam bo'ldi”, deyiladi hujjatda.
O'mon vositachiligida Maskat shahrida Eron va AQSh delegatsiyalari o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi. Tomonlar Eron yadro dasturini cheklash evaziga Tehronga qarshi sanksiyalarni yumshatish masalasini muhokama qilishgan, deb xabar beradi report.az.