Bu haqda Oq uy tarqatgan Prezident deklaratsiyasi matnida aytiladi.
To'liq taqiq Afg'oniston, Gaiti, Eron, Yaman, Liviya, Myanma, Kongo Respublikasi, Somali, Sudan, Chad, Ekvatorial Gvineya va Eritreya fuqarolariga nisbatan qo'llaniladi. Cheklovlar 9-iyun, dushanba kuni Sharqiy sohil vaqti bilan 00:01 da kuchga kiradi.
Bundan tashqari, Burundi, Venesuela, Kuba, Laos, Syerra-Leone, Togo va Turkmaniston fuqarolariga nisbatan qisman cheklovlar joriy etiladi. Cheklovlar ushbu mamlakatlarning har biri uchun ma'lum turdagi vizalar uchun qo'llaniladi.
Hujjatda qayd etilishicha, ushbu farmon kuchga kirgunga qadar berilgan vizalar o'z kuchida qoladi, deb xabar beradi tass.ru.









