Hozir tarkibida PAP yumshoq oqartiruvchisi bor pastalar koʻp. Biroq u tishlarni qisqa muddatga oqartiradi, uning xavfsizligi va kelgusida tishlarga taʼsiri yaxshi oʻrganilmagan.

Tishlarni oqartirish uchun eng yaxshisi — stomatolog huzuriga borish, deya taʼkidladi doktor Patel.

Tish pastalari uch-toʻrt turda boʻladi: ftorli, sezuvchanligi yuqori tishlar uchun (u ham ftorli), ftorsiz, oqartiruvchi. Bular orasida tishlarning salomatligi uchun eng yaxshisi — dastlabki ikkitasi, dedi Marylebone Smile Clinic asoschisi.

Oqartiruvchi pastalarning tishlarga zarari

Ftorsiz pastalarni umuman ishlatmang. Oqartiruvchi hamda kashandalar uchun pastalar tishlarga kuchliroq taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Doktor Patelning taʼkidlashicha, oqartiruvchi pastalar yupqa emalni ketkazish hisobiga tishlarni oqartiradi. Bu emalning qalinligi atigi 0,5-1 mm. Shu yupqa emal insonga bir umr xizmat qilishi kerak. Oqartiruvchi pastalar tinmay ishlatilaversa, oxir-oqibat tishning emali yemirilib tugaydi.

Oqibatda tishlarning sezuvchanligi oshib ketadi, rangi sargʻayishni boshlaydi, qolaversa, yoshingiz bir joyga borganda tish doʻxtiriga serqatnov boʻlib qolishingiz mumkin.