Oqdaryoda 2 nafar fuqaro vafot etdi, yana biri shifoxonada

    Voqea-hodisalar 14 Sentabr 2020 1139

    Samarqand viloyati. 2020-yilning 13-sentyabr kuni soat 01:30 da Oqdaryo tumani A.Temur MFY hududidan oʻtuvchi “Samarqand-Buxoro” M-37 avtomobil yoʻlining 37 km.da Buxoro-Samarqand yoʻnalishi boʻylab harakatlanib ketayotgan Oqdaryo tumanida yashovchi 31 yoshli B.A., ning boshqaruvida boʻlgan “Lacetti” rusumli avtomashina bilan uning old tomonida harakatlanib ketayotgan Narpay tumanida yashovchi 54 yoshli Oʻ.Sh.,ning boshqaruvidagi “PAZ-742” rusumli avtomashinaning orqa tomonidan borib urilib yoʻl-transport xodisasi sodir qilgan.

    Natijada “Lacetti” rusumli avtomashina yoʻlovchilari 55 yoshli B.J., va 49 yoshli A.A.,lar turli darajada tan jaroxati olib, hodisa joyida vafot etgan. Bundan tashqari, “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi B. A., ham olgan tan jarohati bilan tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

    Mazkur yoʻl transport hodisasi boʻyicha viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda

    Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi

    Tergov departamenti