Oqilbek Japarovning lavozimidan ozod etilishiga nima sabab bo'lgani ma'lum qilindi

    Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov firibgarlikda ayblanayotgan soliq xizmati rahbariyatiga qarshi jinoiy ish qo'zg'atilgani uchun bosh vazir Oqilbek Japarovni lavozimidan ozod qilganini ma'lum qildi.

    “Soliq tizimidagi salbiy holatlar bizni juda xafa qildi, dedi prezident parlament yig'ilishida. Aksiz markalari bilan bog'liq firibgarliklar ma'lum bo'ldi. Bu tarmoq Oqilbek Usenbekovich (Japarov) nazoratida bo'lgan, shunday ekan noqonuniy xatti-harakatlarni to'xtatish mumkin edi. Men Davlat soliq xizmati (DSX) rahbariyatiga nisbatan tergov qilinayotgan jinoyat ishi tufayli manfaatlar to'qnashuvini bartaraf etish maqsadida uni (bosh vazir) lavozimidan chetlashtirishga majbur bo'ldim, deya prezident so'zlaridan iqtibos keltirmoqda 24.kg agentligi.

    Qirg'iziston hukumatidagi kadrlar o'zgarishi 16-dekabr kuni davlat rahbari Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarovni iste'foga chiqarganidan keyin boshlandi. Qirg'iziston prezidenti 18-dekabr kuni Odilbek Qosimaliyevni respublika bosh vaziri etib tayinlash haqidagi farmonni imzoladi.

    Sadir Japarov 7-dekabr kuni Qidiqbek Qidirovni Davlat soliq xizmati raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan edi. Boshqarmaning avvalgi boshlig'i Oltinbek Abduvapov tergov-surishtiruv tadbirlari o'tkazilgan muddatga o'z lavozimidan chetlatilgandi, deb xabar beradi tass.ru.