Oʻqish maqsadida chet elga ketgan Oʻzbekiston fuqarolari soni maʼlum boʻldi

    Shu yilning yanvar iyul oylarida Oʻzbekiston fuqarolari eng koʻp Tojikiston, Rossiya, Qirgʻiz Respublikasi va Turkiya kabi mamlakatlarga oʻqish maqsadida ketgan.

    Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar iyul oylarida jami 21,7 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga borgan.

    Joriy yilning yanvar iyul oylarida oʻqish maqsadida chet elga ketgan Oʻzbekiston fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

    Tojikiston — 10 497 nafar;

    Rossiya — 3 891 nafar;

    Qirgʻiz Respublikasi — 2 211 nafar;

    Turkiya — 1 240 nafar;

    Janubiy Koreya — 1 063 nafar;

    Qozogʻiston — 874 nafar;

    Buyuk Britaniya — 423 nafar;

    Xitoy — 337 nafar;

    Germaniya — 209 nafar;

    AQSH — 192 nafar;

    boshqa davlatlar — 720 nafar.