Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 25,8 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga borgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 602 nafarga yoki 2,4 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida oʻqish maqsadida chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:
Tojikiston — 10 701 nafar, Rossiya — 6 032 nafar, Qirgʻiz Respublikasi — 2 408 nafar, Turkiya — 1 640 nafar, Janubiy Koreya — 1 383 nafar, Qozogʻiston — 1 102 nafar, Xitoy — 507 nafar, Buyuk Britaniya — 475 nafar, AQSH — 355 nafar, BAA — 238 nafar va boshqa davlatlarga — 974 nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida ketgan.