Oʻqishga kirish uchun oʻtgan yili berilgan tavsiyanomalar bu yil ham oʻtadimi?

    Ijtimoiy hayot 26 May 2023 1457

    Xotin-qizlarning taʼlim olish yoʻnalishida fuqarolardan yuborilgan savollarga javob berish maqsadida AOKAda oʻtkazilgan brifingda mazkur savolga javob berildi.

    Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomaning amal qilish muddati qancha?

    Oʻtgan yili tavsiyanoma olgan, lekin OTMga kira olmagan abituriyentning tavsiyanomasi bu yil ham amal qiladimi?

    Xotin-qizlarning taʼlim olish yoʻnalishida fuqarolardan yuborilgan savollarga javob berish maqsadida AOKAda oʻtkazilgan brifingda mazkur savolga javob berildi.

    Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Oʻgʻiloy Oʻrozovaning taʼkidlashicha, oʻtgan yili tavsiyanoma olgan, lekin OTMga kira olmagan talabgorning tavsiyanomasi joriy yilda ham amal qiladi.

    Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab uch yil muddat davomida faqat bir marta oliy taʼlim muassasasiga qabul qilinishi uchun amal qiladi.

    Qayd etilishicha, har bir fuqaroning JSHSHIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami mavjud boʻlib, bu raqam har bir fuqaroning pasportida yozilgan boʻladi. Pasport yangisiga almashtirilganda ham, seriya va raqam oʻzgarishi mumkin, ammo jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami oʻzgarmaydi. Oʻtgan yili tavsiyanoma olib, OTMga kira olmagan talabgor xotin-qizlarning bugungi kunda familiyasi oʻzgargan yoki pasporti almashgan boʻlsa ham oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirganda tavsiyanomadan hech qanday toʻsiqlarsiz foydalanishlari mumkin.

    Shuningdek, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 405-moddasida bolani parvarishlash taʼtillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanishi, bu taʼtillarning koʻpi bilan olti yili mehnat stajiga qoʻshilishi, shu jumladan mutaxassisligi boʻyicha ish stajiga ham qoʻshib hisoblanishi belgilangan. Shunga koʻra, mutaxassisligi boʻyicha mehnat staji hisoblanayotganda tavsiyanoma olish istagida boʻlgan talabgor ayollar bola parvarishi boʻyicha taʼtilda boʻlsa, ushbu davr ish stajiga qoʻshiladi.