Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar D.I. va J.S. boshqa bir fuqaro Gʻ.M.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishlarini aytib, evaziga 5 000 AQSH dollarini firigarlik yoʻli bilan olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.