Oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan bosh muhandis ushlandi

    Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan bosh muhandis kelishilgan pulni olayotgan vaqtda tegishli tartibda qoʻlga olindi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali bosh muhandisi Ш.Х. fuqarolar Ш.Я. va Х.К.нинг ishonchiga kirib, ularni Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga firibgarlik yoʻli bilan 1 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.