O'qishga kiritib qo'yishni va'da qilgan firibgar qo'lga olindi

    Holat yuzasidan ham firibgarlik, hamda pora berish bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi.

    Koson tumanida fuqaro L.R. fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, uni 3 000 AQSH dollari evaziga qo'shni Tojikiston Respublikasidagi oliy o'quv yurtining iqtisod yo'nalishiga o'qishga kiritib qo'yib, keyinchalik o'qishini O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasalaridan biriga ko'chirib berishni va'da qilgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson tuman bo'limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzar oldindan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.