баннер
24 Apr 2025
19:57

    Oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tumani boʻlimi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.S. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) tanishlari yordamida fuqaro D.A. va uning ikki nafar tanishini Qashqadaryo viloyatidagi Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga 3 bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 6 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech