Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Fargʻona viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.K.”, “A.C.” va “R.s.” MCHJ rahbarlari va boshqalar oldindan til biriktirib, “H.I.” MCHJ (til markazi) va Koreya xalqaro universiteti oʻrtasida tuzilgan memorandum bekor qilingan boʻlsada, “H.I.” MCHJ bilan soxta shartnoma tuzishib, maktab bitiruvchilari oʻrtasida targʻibot ishlarini oʻtkazish orqali toʻlov amalga oshirgan maktab bitiruvchilarini guyoki Koreya xalqaro universitetiga imtihonsiz oʻqishga kiritib qoʻyish va boshqa vaʼdalarni berishib, 7 nafar fuqaroning 20,5 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.