Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Tuproqqalʼa tumani boʻlimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Urganch ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi boʻlimi boshligʻi Sh.S. fuqaro J.K.ni tanishlari yordamida Yunus Rajabiy nomidagi oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4 000 AQSh dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.