Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro YA.M. boshqa bir fuqaro R.ni tanishlari yordamida Toshkent davlat agrar universitetiga o'qishga kiritib qo'yish evaziga 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G.A. boshqa bir fuqaro D.ning qo'shni Qirg'iziston Respublikasi universitetidagi o'qishini Namangan davlat universitetiga ko'chirib berish evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Bekobod tuman bo'limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda esa, “I.K.” MCHJ xodimi A.A. fuqaro M.ning qo'shni Tojikiston Respublikasidagi o'qishini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversitetiga ko'chirib berish evaziga 2 200 AQSH dollarlari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.