Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.T. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidagi taʼlim muassasasiga oʻqishga kiritib, keyinchalik oʻqishini Oʻzbekistondagi universitetlarning biriga koʻchirib berishini aytib, aldov yoʻli bilan 2 400 AQSH dollari va 9 mln soʻmini qoʻlga kiritib, ularning diplom, attestat va fuqarolik pasportlarini yashirib yurganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blanklarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.