O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 30-noyabrga qadar qabul qilinadi

    Arizalarni qabul qilish muddatlari 10 kunga uzaytirildi.

    Davlat komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berilgan edi.

    Keyinchalik Davlat komissiyasining 8-son bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ham o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.

    Shuningdek, mazkur bayon bilan yuqorida qayd etilgan hududlardagi OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatlari 10 kunga uzaytirildi.

    Mazkur hududlardagi OTMlardan O‘zbekistondagi davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolari 30-noyabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ariza berishlari mumkin.