Oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi

    Oʻtish ballari joriy yilda ham tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

    Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻzining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻi bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.

    Taʼlim sohalari kesimida oʻtish ballari bilan yuqoridagi rasmda tanishishingiz mumkin.