Bu haqda Bilimni baholash agentligi maʼlum qildi.
Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi:
- 1-smenada 8:00 dan 11:00 ga qadar,
- 2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar boʻlib oʻtadi.
Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan boʻyicha oʻtkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan — jami 90 ta test topshirigʻi va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga koʻchirish uchun 3 soat vaqt beriladi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishi mumkin.
Talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishi lozim.








