Oʻqishni koʻchirish natijalari eʼlon qilindi

    Ta'lim 13 Fevral 2024 1616

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan oʻqishni koʻchirishga tavsiya etilganlar roʻyxati tasdiqlandi.

    Bu haqda vazirlik axborot xizmati maʼlum qildi.

    Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq ikkita uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari koʻrib chiqilib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga 2023/2024-oʻquv yili bahorgi semestrida oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan talabalar roʻyxati yuborildi.

    OTFIV tizimidagi OTMlar roʻyxati

    Ushbu roʻyxatdagi OTMlarga oʻqishi koʻchirilishini soʻrab murojaat qilgan talabalar oliy taʼlim muassasasining oʻqishni koʻchirish boʻyicha masʼullariga uchrashish (bogʻlanish)lari soʻraladi.

    Maʼlumot oʻrnida: amaldagi tartibga koʻra talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy taʼlim muassasasi boʻysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.