Vazirlikning maʼlum qilishicha, Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari koʻrib chiqilib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga 2024/2025-oʻquv yili bahorgi semestrida oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan talabalar roʻyxati yuborilgan.
Shuningdek vazirlik OTMlarga oʻqishi koʻchirilishini soʻrab murojaat qilgan talabalar oliy taʼlim muassasasining oʻqishni koʻchirish boʻyicha masʼullariga uchrashish (bogʻlanish)lari tavsiya etmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, amaldagi tartibga koʻra talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy taʼlim muassasasi boʻysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.